AsosiyJinoyat

Odam savdosi bilan shug`ullanuvchi ikki shaxs to`rt nafar “o`ljasi” bilan qo`lga olindi

'Odam savdosi bilan shug`ullanuvchi ikki shaxs to`rt nafar “o`ljasi” bilan qo`lga olindi'ning rasmi

2020 yilning 10 fevral kuni o`tkazilgan tezkor tadbirda Moskvada yaxshi maosh to`lanadigan ish topib berishni va`da qilib, hatto yo`l xarajatlarini o`z hisobidan qoplagan holda, olib ketishni aytib, ularni fohishalik bilan shug`ullantirishni maqsad qilgan “Dilafruz” va “Umida” Toshkent viloyati IIBB Odam savdosi va noqonuniy migrasiyaga qarshi kurashish tezkor xodimlari tomonidan ushlangan.

Ular 19-25 yosh oralig`idagi turli viloyatlardan bo`lgan 4 nafar ayol-qizlarni, Namangan xalqaro aeroportidan “Namangan-Moskva” aviareysi orqali Moskva shahriga olib ketayotgan vaqtida aniqlangan.

Toshkent viloyati IIBB tezkor xodimlariga Nurafshon shahrida o`zini “Dilafruz” va “Umida” (shartli ismlari) deb tanishtiruvchi shaxslar, qizlarni yaxshi daromad orttirish bilan qiziqtirib aldov yo`li bilan, Rossiya Federasiyasiga olib ketishni rejalashtirganligi ma`lum bo`ladi. 

O`tkazilgan surishtiruv davomida o`zini “Dilafruz” deb tanishtirgan shaxs – Namangan viloyati Kosonsoy tumanida yashovchi 1981 yilda R.M., sherigi “Umida” – Namangan viloyati Pop tumanida yashovchi 1987 yilda tug`ilgan U.N. ekanligi aniqlanadi.

Shuningdek, tadbir davomida U.N. o`zi ishlab kelayotgan ayollar go`zallik saloniga kelgan yosh va ko`rinishi chiroyli qizlarni yaxshi daromad orttirish bilan qiziqtirib, R.M. bilan tanishtirib kelganligi va buning evaziga undan o`z ulushini olib kelganligi, R.M. esa 2019 yildan buyon Moskva shahrida olib borilgan qizlarga, internet ijtimoiy tarmoqlari orqali jinsiy aloqa qilishlari uchun mijoz topish bilan shug`ullanib, moddiy daromad orttirib kelayotganligi aniqlangan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan Ichki ishlar bosh boshqarmasi tomonidan tergov oldi surishtiruv ishlari olib borilmoqda.



 

    Boshqa yangiliklar