AsosiyJamiyat

Ertaga Yunusobod tumanining ayrim hududlarida elektr energiyasida vaqtinchalik uzilishlar bo`ladi

'Ertaga Yunusobod tumanining ayrim hududlarida elektr energiyasida vaqtinchalik uzilishlar bo`ladi'ning rasmi

Joriy yilning 18 fevral seshanba kuni Yunusobod tumanining ayrim hududlarida elektr energiyasida vaqtinchalik uzilishlar bo`ladi. Bu haqda «Toshkent shahar elektr tarmoqlari korxonasi» Matbuot xizmati xabar berdi.

Mazkur uzilish «Toshkent shahar elektr tarmoqlari korxonasi» AJning yillik elektr qurilmalari va tarmoqlarini joriy ta`mirlash rejasiga asosan hamda iste`molchilarga sifatli va uzluksiz elektr energiyasini etkazib berilishini ta`minlash va elektr qurilmalari va tarmoqlarida sodir bo`lishi mumkin bo`lgan avariya holatlarini oldini olish maqsadida amalga oshiriladi.

Xususan Yunusobod tumanida joylashgan «Astronomiya» nimstansiyasidan chiquvchi 10 kV yuqori kuchlanishli «Yulduz»  1 va 2 nomli   fiderning er ostidan o`tgan kabel tarmoqlarida rejali joriy ta`mirlash ishlari olib boriladi. 

Buning natijasida shu kuni soat 10:00 dan kech soat 16:00 ga qadar, «Buyuk turon» MFY hududida joylashgan  «Niyozbek yo`li» va «Shaffof obod»,  «Shaffof obod»  tor ko`chalaridagi aholi iste`molchilariga elektr energiyasini etkazib berilishida vaqtinchalik uzilishlar kutilmoqda.

«Toshkent shahar elektr tarmoqlari korxonasi» mazkur ta`mirlash ishlari tufayli elektr energiyasi ta`minotidagi vaqtincha uzilishlar sababli etkazilayotgan noqulayliklar uchun iste`molchilardan uzr so`raydi.

«Yunusobod TETK»  ishonch telefoni:  (71) 225-00-65

 

    Boshqa yangiliklar