AsosiySiyosat

Shavkat Mirziyoev Qirg`izistonda “2019-yil odami” deya e`tirof etildi

'Shavkat Mirziyoev Qirg`izistonda “2019-yil odami” deya e`tirof etildi'ning rasmi

Bugun, 17-fevral kuni O`zbekistonning Qirg`izistondagi Elchixonasi majlislar zalida Prezident Shavkat Mirziyoevga “Ala-Too Ayimdari” (“Ola-Tau xonimlari”) ekologik harakati tomonidan “2019-yil odami” unvonini berilishi munosabati bilan tantanali tadbir bo`lib o`tdi. Bu haqda TIV ma`lum qildi.

Respublika rahbariyati topshirig`iga binoan maxsus mukofot va diplomni qabul qilish uchun Tashqi ishlar vazirining birinchi o`rinbosari Ilhom Ne`matov Bishkek shahriga tashrif buyurdi. 

Marosimda “Ala-Too Ayimdari” harakati rahbari Jipargul Bargibayeva nutq so`zlab, o`zbek-qirg`iz munosabatlarini sifat jihatdan yangi yuqori bosqichga ko`tarilishi, shuningdek, Prezident Shavkat Mirziyoev tomonidan Markaziy Osiyo mamlakatlari o`rtasida do`stlik, tinchlik, yaxshi qo`shnichilik, konstruktiv va qardosh munosabatlarini yaratish siyosati O`zbekiston rahbari nomzodi tanlanishining asosiy sababi ekanligini ta`kidladi. “Ala-Too Ayimdari” harakatining mukofoti, aslida, butun Qirg`iziston xalqining irodasi ifodasidir.

    Boshqa yangiliklar