AsosiyJinoyat

34.000 AQSh dollarini «eb ketgan» sobiq «bozorqo`m» o`rinbosariga «ish» ochildi

'34.000 AQSh dollarini «eb ketgan» sobiq «bozorqo`m» o`rinbosariga «ish» ochildi'ning rasmi

Hamma bozorlarda ahvol shu: bir parcha er maydoniga egalik qilishning o`zi bo`lmaydi. Toshkent shahrida-ku, inchunin. Buning uchun  yo zaring yoki zo`ring bo`lish kerak. Inkor etib bo`lmas bunday «yozilmagan qoida»ni doim ham isbotlab bo`lmaydi, to`g`ri. Biroq ora-sira «lop» etib chiqib qoladigan faktlar  gavjum bozorlarda muqim savdo nuqtasi ega bo`lish har kimga ham emasligini tasdiqlayveradi, tasdiqlayveradi...

Mana bitta misol.  Tadbirkor F. N. «Yunusobod dehqon bozori» hududiga oltita muzlatgich o`rnatish, yana yangi qurilayotgan do`konlardan bir emas, uchtasiga ehtiyoj sezdi. «Bozorqo`m» o`rinbosari (endilikda sobiq) M. R. bilan gaplashgandiki, masala ijobiy hal qilsa bo`ladigan. Shunchaki emas, albatta: «uzatish» kerak! Qancha? Aytildi: 34000 AQSh dollari!

Aytilgan summa berildi ham. Biroq masala hal bo`lmadi. Shundan keyin  «yoz-yoz» boshlandi. Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Yunusobod tuman bo`limi tomonidan o`tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda «bozorqo`m» o`rinbosari qo`lga kiritgan 34 000AQSh dollarini o`z ehtiyojlari uchun ishlatib yuborganligi aniqlandi.

Bosh prokuratura matbuot xizmatiga ko`ra, holat yuzasidan jinoyat ishi qo`zg`atilgan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.

Boshqa yangiliklar