AsosiyJamiyat

O`zbekiston Prezidenti Turkiyaga tashrif buyuradi

'O`zbekiston Prezidenti Turkiyaga tashrif buyuradi'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev Turkiya Respublikasi Prezidenti Rejep Tayyip Erdog`anning taklifiga binoan 19-20 fevral kunlari mazkur mamlakatda bo`ladi.

Tashrif dasturiga muvofiq, Anqara shahrida oliy darajadagi muzokaralar hamda O`zbekiston va Turkiya Prezidentlari hamraisligida ikki tomonlama Strategik hamkorlik kengashining birinchi yig`ilishi bo`lib o`tadi.

Siyosiy, savdo-iqtisodiy, investisiyaviy, moliyaviy, transport-kommunikasiya, ta`lim, madaniy-gumanitar va boshqa ustuvor yo`nalishlarda hamkorlikning holati va istiqbollari ko`rib chiqiladi. Shuningdek, mintaqaviy va xalqaro ahamiyatga molik masalalar bo`yicha fikr almashiladi.

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev Turkiyaning etakchi kompaniyalari rahbarlari bilan uchrashadi, Turkiya Respublikasi Prezidenti kutubxonasi majmuasining tantanali ochilish marosimida ishtirok etadi.

    Boshqa yangiliklar