AsosiyJamiyat

Haftalik ob-havo ma`lumoti: Havo harorati ko`tariladimi?

'Haftalik ob-havo ma`lumoti: Havo harorati ko`tariladimi?'ning rasmi

Bugun respublikaning katta qismida ob-havo yog`ingarchiliksiz, harorat 5-10 daraja iliq atrofida bo`ladi. Biroq kechga borib Volgabo`yi hududlaridan nam va sovuq havo oqimi kirishi munosabati bilan ob-havo sharoitlari o`zgaradi. 

Bulutlar ko`payib, tunda mamlakatimizning shimoliy tumanlaridan tashqari qolgan hududlarida yog`ingarchilik (yomg`ir, qor) yog`adi. Bunday sharoit ertaga kun bo`yi davom etadi. Ertaga havo harorati kechasi 0-5 daraja iliq, kunduzi 3-8 daraja iliq bo`ladi.

Ish haftasining o`rtasida sovuq havo oqimining ta`siri ayniqsa kechasi hali sezilib turadi, tungi harorat 1-3 daraja sovuqqacha pasayadi, kunduzi quyosh payshanbaga kelib haroratni 10-15 darajagacha ilitadi.

Ish haftasining oxirida ob-havo yana aynashni boshlaydi. Juma kuni mamlakatimiz hududining katta qismida yomg`ir yog`adi, shimoliy tumanlarda yog`ingarchilik bo`ladi, faqat Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlari hamda Farg`ona vodiysi viloyatlarida yog`ingarchilik kutilmaydi. Tungi harorat 0-5 daraja iliqqacha ko`tariladi, kunduzi 10-15 daraja atrofida bo`ladi

    Boshqa yangiliklar