AsosiyJamiyat

Buxoroda "Viloyat hokimi stipendiyasi" joriy etildi

'Buxoroda "Viloyat hokimi stipendiyasi" joriy etildi'ning rasmi

Oliy ta`lim muassasalarida ta`lim olayotgan iqtidorli talabalarning ilm-fan va ijodkorlikka bo`lgan intilishlarini rag`batlantirish hamda ularning tashabbuslarini qo`llab-quvvatlash maqsadida Buxoro viloyatida "Viloyat hokimi stipendiyasi" joriy etildi.

"Viloyat hokimi stipendiyasi"ga munosiblar tanlov orqali saralanadi. Ushbu tanlovda O`zbekiston Respublikasi fuqarolari bo`lgan Buxoro viloyatidagi oliy ta`lim muassasalari bakalavriat ta`lim yo`nalishi bo`yicha o`qiyotgan oxirgi ikki kurs talabalari ishtirok etishi mumkin.

Mazkur tanlov 2 bosqichda o`tkazilib, 1-bosqichda hujjatlar 10-22 fevral kunlari qabul qilinadi. 2020 yilning 25 fevral kuniga qadar oliy ta`lim bosqichi tashkil etilib, g`olib talabalarning hujjatlari viloyat komissiyasiga taqdim etiladi.

Tanlovning 2-bosqichi 26-27 fevral kunlari o`tkaziladi. Unda ekspertlar guruhi tanlovning 13 nafar g`oliblarini aniqlaydi.

Tanlovning viloyat bosqichi g`oliblari “Viloyat hokimi stipendiyasi sovrindori” guvohnomasi va har oyda bir million so`mdan qo`shimcha stipendiyani qo`lga kiritadi.

Tanlov haqidagi qo`shimcha ma`lumotlarni viloyatdagi oliy ta`lim muassasalari o`quv bo`limlaridan yoki Buxoro viloyati hokimiyatining (65)2230559 raqami orqali olishingiz mumkin.

    Boshqa yangiliklar