AsosiyJamiyat

Buyuk britaniyalik olim: Koronavirusning tashuvchisi meteorit bo`lgan

'Buyuk britaniyalik olim: Koronavirusning tashuvchisi meteorit bo`lgan'ning rasmi

 Buyuk britaniyalik taniqli astronom, matematik Chandra Vikramasingxening ta`kidlashicha, koronavirus Xitoyga meteorit sabab tarqalgan bo`lishi mumkinligini aytmoqda. 

O`tgan yilning 11 oktyabrida Xitoyning Sondjian shahri (Szilin provinsiyasi) ustidan meteorit uchib o`tgan. Agar uning yuzasida patogen mavjud bo`lgan bo`lsa, u avval atmosferaga tushib, keyin Xitoyning Uxan shahriga tarqalgan bo`lishi mumkin.

Ammo uning qarashlari biroz reallikdan yiroq ko`rinadi.

Vaholanki, virusning tushishi va keyin tirik organizmlarni zararlashi bir necha yil davom etishi mumkin. Chandra Vikramasingxening nazariyasi esa so`nggi yillarda paydo bo`lgan gripp shtammlarining paydo bo`lishi bilan mos keladi, deya yozmoqda planetanovosti.com.

Bugunga qardar koronavirus tufayli 1775 kishi hayotda ko`zm yumgan. Xitoy Milliy sog`liqni saqlash komissiyasi ma`lumotiga ko`ra, virusni 71327 kishi yuqtirib olgan. Shundan 70548 nafari Xitoy fuqarolari hisoblanadi. Infeksiya bilan bog`liq o`lim holatlari Gonkong, Tayvan, Fransiya, Yaponiya va Filippinda qayd etildi. 

    Boshqa yangiliklar