Navro`z bayramini qay tartibda nishonlash to`g`risida bahslashib qolgan chiroqchilik sinfdoshini pichoqlab o`ldirdi. Bu haqda, muxbir telegram kanali xabar qilgan.
Ma`lum bo`lishicha, voqea 2020 yil 14 fevral kuni kechki payt sodir bo`lgan. Chiroqchi tumanining To`qmor qishlog`ida yashovchi 1986 yil tug`ilgan S.Ya. 1985 yil tug`ilgan N.O. bilan Navro`z bayramini qay tartibda nishonlash haqida tortishib qoladi. O`zaro tortishuv pichoqlash bilan yakunlanadi. N.O. jahl ustida S.Ya. ga pichoq urib, uni yaralaydi. Shifoxonaga olib ketilayotgan S.Ya. yo`lda vafot etadi.
Ayni paytda N.O. qo`lga olingan. Tergov-surishtiruv jarayonlari boshlangan.






