AsosiyJamiyat

“Toshkent shahar IIBB shiori” tanlovi e`lon qilindi

'“Toshkent shahar IIBB shiori” tanlovi e`lon qilindi'ning rasmi

Toshkent shahar IIBB barcha xohlovchilarni “Toshkent shahar IIBB shiori” tanlovida qatnashishga taklif etadi. 

So`nggi yillarda poytaxt huquqni muhofaza qilish idorasining tuzilmasida, ishlash prinsipi va usulida faoliyatni takomillashtirishga, IIBB xodimlarining imidjini yaxshilashga qaratilgan o`zgarishlar ro`y bermoqda. 

Shior esa e`tiborni tortish va ijobiy tasavvur bilan cheklanib qolmay, g`oyaviy vazifalarni ham bajaradi, ya`ni, Toshkent shahar IIBBning har bir xodimi uchun amaliy prinsip bo`lib xizmat qiladi. 

O`z takliflaringizni o`zingizga qulay yo`l bilan: “IIBB: aholi bilan muloqot (Toshkent)” guruhiga, IIBB saytiga, elektron pochtasiga, xat bilan pochta orqali jo`natishingiz mumkin. Muhimi, “Toshkent shahar IIBB shiori” belgisini qoldirish mumkin.

Takliflarni muntazam ravishda e`lon qilib boramiz va siz bilan birga, Toshkent shahar IIBBning feysbukdagi sahifasida ochiq ovoz berish yo`li bilan (layklar soni bo`yicha) g`olibni tanlab olamiz.  

    Boshqa yangiliklar