AsosiyDunyo

Peterburgda ayolni daryoga itarib, so`ngra uni qutqarmoqchi bo`lgan o`zbekistonlik cho`kib ketdi

'Peterburgda ayolni daryoga itarib, so`ngra uni qutqarmoqchi bo`lgan o`zbekistonlik cho`kib ketdi'ning rasmi

Sankt-Peterburgda mast erkak bir ayolni Fontanka daryosiga itarib, so`ngra uni qutqarmoqchi bo`lganda cho`kib ketdi, deya xabar berdi “kun.uz” Sankt-Peterburg favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga tayanib.

Voqea tungi vaqt yuz bergan.

“Taxmin qilinishicha, mast holda bo`lgan erkak ayolni to`siq ustidan daryoga itarib yuborgan. Shundan keyin u dastlab ayolni qo`l ostidagi vositalar bilan qutqarishga harakat qilgan, keyin o`zini suvga tashlagan. Qutqaruv bo`linmalari etib kelguncha ayol qirg`oqqa chiqarilib olingan va tez tibbiy yordam brigadasiga ko`zdan kechirilish uchun topshirilgan”, deyilgan xabarda.  

Ta`kidlanishicha, 16 fevral soat 2:25da post-patrul xizmati g`avvoslari tomonidan daryoda 1956 yilda tug`ilgan O`zbekiston fuqarosi jasadi topilgan. 1971 yilda tug`ilgan ayol sovqotish alomatlari bilan shifoxonaga olib ketilgan.

    Boshqa yangiliklar