AsosiySport

Evropa Chempionlar Ligasi kubogi ilk bor Toshkentga olib kelinadi

'Evropa Chempionlar Ligasi kubogi ilk bor Toshkentga olib kelinadi'ning rasmi

Evropa Chempionlar Ligasi kubogi kelasi hafta Toshkentga olib kelinadi, dey xabar bermoqda «Daryo» manbasi.

Ta`kidlanishicha, Chempionlar Ligasi kubogi kelasi hafta poytaxtimizga olib kelinadi. Bunday voqea Markaziy Osiyo hududida ilk bor sodir bo`lmoqda. Chempionlar Ligasi bosh sovrini kamdan kam hollarda UEFAga a`zo bo`lmagan davlatlarga olib boriladi. Ma`lumot uchun, O`zbekiston UEFAga emas, balki OFKga a`zo davlat hisoblanadi. 

Aytilishicha ushbu sovrin bilan suratga tushish imkoniyati yaratiladi. Rasmiy tadbir manzili va vaqti tez orada e`lon qilinadi.

Ma`lumot uchun:, Chempionlar Ligasining amaldagi g`olibi Angliyaning «Liverpul» klubi hisoblanadi. Ular 2018/19 yilgi mavsum finalida «Tottenhem»ni 2:0 hisobida mag`lub etgandi.

Boshqa yangiliklar