AsosiyJamiyat

YTHda ishtirokchilar qolib, yo`lovchilar qurbon bo`ldi…

'YTHda ishtirokchilar qolib, yo`lovchilar qurbon bo`ldi…'ning rasmi

Bugun, 16-fevral sanasida Toshkent shahri Sergeli tumanida sodir etilgan avtohalokat uchta piyodaning o`limiga sabab bo`ldi, deb xabar berdi Ichki ishlar vazirligi Yo`l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi matbuot xizmati.

Aytilishicha, 16-fevral kuni soat 07:30 larda Sergeli tumani Choshtepa ko`chasida “Vaz-2106” rusumli transport vositasida harakatlanayotgan O.A. rul boshqaruvini yo`qotib qo`yishi oqibatida, yo`l chetidagi uyning devoriga urilgan.

Shundan keyin R.Sh.boshqaruvidagi Lacetti rusumli transport vositasida harakatlanib kelib, YTHga uchragan “Vaz 2106” rusumli transport vositasi oldida turgan piyodalarni urib yuborgan.

Natijada, piyodalar S.I. va M.N.lar voqea joyida, piyoda D.R. esa shifoxonaga olib ketilayotgan vaqtda vafot etgan.

Bu Toshkent shahrida bugunning o`zida qayd etilgan YTH bilan bog`liq ikkinchi hodisa va to`rtinchi o`lim holatidir.

Boshqa yangiliklar