Ichki ishlar vaziri boshchiligidagi ishchi guruh tomonidan Qoraqalpog`iston Respublikasida o`tkazilgan o`rganishlar yakuni bo`yicha kengaytirilgan yig`ilish bo`lib o`tdi.
Yig`ilishda asosiy e`tibor 2019 yil davomida va joriy yilning o`tgan davrida Qoraqalpog`istonda jinoyatchilikka qarshi kurash va huquqbuzarliklarni barvaqt aniqlash borasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar samaradorligiga qaratilib, aholi tinchligi va osoyishtaligini ta`minlash, jamoat tartibini saqlash va fuqarolarning mol-mulklarini ishonchli muhofazalash, yoshlar ishtirokidagi huquqbuzarliklarning oldini olish borasida amalga oshirilgan ishlar va yo`l qo`yilgan kamchiliklar tanqidiy tahlil qilindi.
Yig`ilish davomida o`z xizmat vazifalarini bajarishda kamchiliklarga yo`l qo`ygani va xizmat vazifasini lozim darajada bajarmaganligi uchun quyidagi mansabdorlar egallab turgan lavozimidan ozod etildi:
- Qoraqalpog`iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmasi boshlig`i R.Eshimbetov;
- Probasiya bo`limi boshlig`i P.Seytmuratov va Yo`l-patrul xizmati otryadi komandirining o`rinbosari A.Masharipov;
- Qonliko`l tumani IIB boshlig`i M.Xojamuratov;
- To`rtko`l tumani IIB boshlig`ining yoshlar masalalari bo`yicha o`rinbosari B.Mansurov;
- Nukus shahar Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi boshlig`ining o`rinbosari B.Isakov;
- Nukus shahar 4-son IIB boshlig`i M.Utemuratov;
- Qo`ng`irot tumani IIB Huquqbuzarliklar profilaktikasi bo`limi katta inspektori R.Kalandarovlar egallab turgan lavozimlaridan ozod etildi.
Bundan tashqari Qoraqalpog`iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi harbiy safarbarlik bo`limi boshlig`i D.Tadjimov, Nukus shahar Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo`limi boshlig`i X.Ochilov, Qonliko`l tumani IIB boshlig`ining yoshlar masalalari bo`yicha o`rinbosari A.Paluanov, Xo`jayli tumani IIB boshlig`ining yoshlar masalalari bo`yicha o`rinbosari O.Nuraddinov, Xo`jayli tumani IIB huzuridagi Tergov bo`linmasi boshlig`i A.Sarievlarning har biriga intizomiy jazolari qo`llanildi.






