Bugun soat 08:10 larda Chilonzor tumani, Do`mbirobod ko`chasi «Qurilish mollari» bozori qarshisida chilonzorlik M.A. “VAZ 2106” da yo`lning qarama-qarshi yo`nalishiga chiqib ketdi. Oqibatda Buxoro viloyati, G`ijduvon tumanida yashovchi Sh.A. boshqaruvida bo`lgan “Isuzi” rusumli transport vositasi bilan to`qnashuv sodir etgan.
To`qnashuv natijasida “VAZ-2106” rusumli transport vositasi haydovchisi M.A. olgan tan jarohatlari oqibatida voqea joyida vafot etgan.






