2019 yilda respublika bo`ylab qariyb 143 ming tonna paxta qo`shib yozilgan. Shundan 120,6 ming tonnasi paxta ishlab chiqarishlari va klasterlari hissasiga to`g`ri keladi.
O`zbekistonda «paxta ishi» va qo`shib yozishlar hamon davom etmoqda. Xususan, Kun.uz tahririyatiga kelib tushgan ma`lumot, respublikaning Surxondaryo, Farg`ona,Toshkent, Jizzax, Namangan va Andijon viloyatlarida «Paxta-2019» mavsumida yirik miqdorda ko`zbo`yamachiliklar bo`lganini ko`rsatmoqda.
Hududlar (viloyatlar) kesimida tahlil qilinganda:
Surxondaryoda 71,9 ming tonna (26,5 foiz);
Farg`onada 37 ming tonna (15,5%);
Toshkentda 22,9 ming tonna (10,4%);
Jizzaxda 7,7 ming tonna (3,7%);
Namanganda 2,6 ming tonna (1,3%);
Andijonda 0,821 ming tonna (0,3%) paxta xomashyosi haqiqatda qabul qilinganga nisbatan ko`p ko`rsatilgan.






