AsosiyJamiyat

Odam o`ldirishga suiqasd qilganlikda gumonlanuvchi shaxs qo`lga olindi

'Odam o`ldirishga suiqasd qilganlikda gumonlanuvchi shaxs qo`lga olindi'ning rasmi

12-fevral kuni taxminan soat 10.10 da Bektemir tumanidagi taksi avtoturargohida odam tashish bilan shug`ullanuvchi andijonlik 27 yoshli Mahammadyunus A. va 29 yoshli Husanboy M.lar o`rtasida mijozlar (yo`lovchilar) sababli janjal kelib chiqdi. 

Kelishmovchilik natijasida Mahammadyunus Husanboyga oshxona pichog`i bilan tan shikastlari etkazgan. Husanboy shifoxonaga etkazildi. Ko`rsatilgan yordam tufayli Husanboy tirik qoldi. Ushbu fakt asosida Bektemir tumani prokuraturasi tomonidan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 97-moddasi (“Qasddan odam o`ldirish”) va 25-moddasi ("Jinoyatga tayyorgarlik ko`rish va jinoyat sodir etishga suiqasd qilish") bo`yicha jinoiy ish qo`zg`atildi. Sud qamoqqa olish ehtiyot chorasini qo`lladi. 

    Boshqa yangiliklar