Xitoy AQShni mamlakatning xorijdagi korxonalariga asossiz o`tkazilayotgan bosimni zudlik bilan to`xtatishga chaqiradi, dedi tashqi ishlar mahkamasi rasmiy vakili Gen Shuan onlayn-brifingda.
“Xitoy hukumati hamisha korxonalarga tashqi hamkorlikda xalqaro me`yorlarga va mahalliy qonunlarga hurmat bilan munosabatda bo`lishni uqtiradi”, dedi diplomat.
Ria Novostiga xabariga ko`ra, u: “Bunday boshboshdoqlik AQShning o`zi olqishlovchi bozor iqtisodi mezonlarini ochiqchasiga inkor qilish bo`lib, AQSh obro`iga, pirovardida esa, amerikalik kompaniyalar manfaatiga putur etkazadi”, deb ta`kidlagan.






