Kabardino-Balkariyada tergovchilar etti yashar qizchaning erkak kishi tomonidan o`qqa tutilishi ishini tekshirishni boshladi.
Tergov ma`lumotlariga ko`ra, 13 fevral kuni kechqurun Zalukokoaj qishlog`ida 48 yoshli erkak ov miltig`idan itni cho`chitish uchun havoga bir necha marta o`q uzgan. O`qlardan biri onasi hamrohligida ketayotgan etti yoshli qizchaga tekkan.
Bolani shoshilinch jarrohlik amaliyoti o`tkazish uchun shifoxonaga olib borishdi, shifokorlar 7,62 mm kalibrli o`qni olib tashlashdi.
Endi tergovchilar voqeaning barcha tafsilotlarini aniqlashmoqda.






