IIBB xodimlari Toshkentda 12 va 13-fevral kunlari davomida 224 ta pichoqlarni olib qo`yishdi
Fuqarolar pichoqlarni ustki kiyim cho`ntagida yoki avtomobil salonida saqlaganlar, ammo maqsadlari ularni charxlash yoki YTHda jabrlangan kishining xavfsizlik kamarini kesishda bo`lmagan. Ba`zi fuqarolarda ikki-uchtadan pichoq, bita, metall simlar bor edi. Olib qo`yilgan pichoqlar yaxshi charxlangan, ko`plarining tig`lari 20 smdan oshadi va kertiklari hamda qon oqish joylari ham bor. Ya`ni, ushbu pichoqlar va bitalar maishiy zaruriyat uchun emas, birovga jiddiy tan jarohatlari etkazish mumkin bo`lgan sovuq qurol sifatida saqlagan.
Pichoqlardan tashqari professional yoki xonaki tayyorlangan beysbol bitalari (beysbol sport sifatida bizda keng tarqalmagan paytda), metall sim va tayoqlar, pnevmatik to`pponchalar ham olib qo`yildi.






