1 iyul kuni Toshkent shahrining Yashnobod tumanida yashovchi 33 yoshli N.X. ismli ayol uyida oilaviy janjal oqibatida, turmush o`rtog`i 36 yoshli N.O`.ning ko`krak qismiga pichoq bilan urib jarohat etkazgan.
Bu haqda IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar qildi.
Natijada N.O`. kasalxonaga yotqizilib, ko`rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramay vafot etgan. N.X. qo`lga olingan.






