AsosiyDunyo

Indoneziyada yo`lovchi samolyot o`qqa tutildi

'Indoneziyada yo`lovchi samolyot o`qqa tutildi'ning rasmi

Dushanba kuni Indoneziyaning Papua provinsiyasi aeroportida kichik samolyotning o`qqa tutilishi oqibatida 3 kishi halok bo`lgan, ikki nafar ekipaj a`zosi jarohatlangan.

Qayd etilishicha, huquq tartibot idoralari vakillari dushanba kuni Trigana aviakompaniyasining polisiyachilarni olib ketayotgan Twin Otter yo`lovchi samolyotini noma`lum shaxslar o`qqa tutgani haqida bayonot bergan.

Polisiya chorshanba kuni Papua provinsiyasida o`tkaziladigan hududiy saylovlarda xavfsizlikni ta`minlashi lozim edi.

Hodisa Nduga aeroportiga transport vositasining qo`ndirilgan vaqtida sodir bo`lgan.

Ma`lumotlarga qaraganda halok bo`lganlar polisiya vakillari emas, oddiy fuqarolar edi. Jarohat olgan ikki nafar ekipaj a`zosi shifoxonaga olib ketilgan. Hozirda surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Papua provinsiyasida ayirmachi guruhlar tomonidan zo`ravonlik qilinishi bilan bog`liq holatlar tobora ko`paymoqda. Ular Indoneziyaning tabiiy resurslarga boy bo`lgan eng sharqiy hududining mustaqilligini talab qilishmoqda.

    Boshqa yangiliklar