AsosiyJamiyat

Endilikda O`zbekistonga kelgan turistlar xorijiy valyuta kartalarida savdo qilishi mumkin

'Endilikda O`zbekistonga kelgan turistlar xorijiy valyuta kartalarida savdo qilishi mumkin'ning rasmi

Mamlakatimizda xorijiy turistlar tomonidan turli xil sovg`alar, milliy hunarmandchilik mahsulotlari va yurtimizda ishlab chiqarilgan boshqa mahsulotlarni xarid qilishda xorijiy valyuta (Visa, Master Card, Union Pay) kartalarida savdo qilish bo`yicha zaruriy sharoitlarni yaratish borasida muayyan ishlar olib borilmoqda.

Turizmni rivojlantirish davlat qo`mitasi matbuot markazining taqdim etgan ma`lumotiga ko`ra, “Uzcard“ tizimidagi terminallarda xalqaro Union Pay kartalari qabul qilinishi tashkil etilgan bo`lib, MIR, Visa, Master Card kartalarini qabul qilish ishlari joriy yil iyun oyi so`ngiga kadar yakunlanishi rejalashtirilgan.

Bugungi kunda respublika hududi bo`yicha savdo va xizmat ko`rsatish shahobchalari, bank infratuzilmalari, jumladan turistlar tashrif buyuruvchi ob`ektlarga xorijiy valyutadagi plastik kartochkalarni qabul qiluvchi 2 ming 358 terminal va 151 bankomat o`rnatildi.

Bundan tashqari, tijorat banklari xamda protsessing markazlari tomonidan qo`shimcha ravishda milliy va xorijiy valyutadagi kartalarni qabul qiluvchi jami 21 ming 880 dona terminal va 121 dona bankomatlar olib kelindi.

Ayni paytda respublika bo`yicha joriy yilning 11 iyun holatiga ko`ra, 421 ob`ektda jami 37 valyuta ayirboshlash shahobchasi faoliyat yuritmoqda. Shuningdek, 66 ob`ektga 81 dona bankomat va 419 ob`ektga 436 ta terminal o`rnatilgan.

    Boshqa yangiliklar