Saudiya Arabistoni qirolining ruxsatidan so`ng Saudiya ayollari yakshanba kuni ommaviy ravishda o`z avtomobillarida ko`chalarga chiqishdi, deya xabar berdi RIA Novosti nashri.
Saudiya Arabistonida dunyoda ayollar mashina haydashi taqiqlangan yagona davlat edi. Ayollarga avtotransport boshqarishga ruxsat berilishi haqida qaror o`tgan yilning sentyabr oyida chiqarilgan edi. Ushbu qaror 24 iyun kuni kuchga kirdi va o`sha daqiqadayoq Saudiya ayollari ko`chaga mashina minib chiqishga muvaffaq bo`lishdi.






