AQShning Kaliforniya shtatida o`rmon yong`inlari ro`y bermoqda, deb xabar berdi Mir24.tv nashri.
Shtatning shimoliy qismlarida kelib chiqqanyong`in tobora ko`proq maydonni qamrab olmoqda. Alanga o`chog`i aholi istiqomat qiluvchi punktlarga yaqin bo`lgani uchun 2500 dan ortiq odam evakuvasiya qilingan.Hudud atrofidagi yo`llar yopilgan va jamoatchilikka bu erga kirish taqiqilandi.
Bir nechta fermer xo`jaliklari hamda avtomagistrallar vayron bo`lgan.Ma`lumotlarga ko`ra, yong`in 3 ming gektar maydonni egallab oldi. 600 ga yaqin bino esa xavf ostida qolmoqda. Hozirda 230 dan ziyod o`t o`chiruvchilar unga qarshi kurash olib borayotganiga qaramay, olovni o`chirishning imkoni bo`lmayapti. Shimolda tabiiy ofat sababli haroratning ko`tarilishi shtatning boshqa qismlariga ham o`z ta`sirini ko`rsatmoqda. Voqea tufayli qurbonlar hamda jabrlanganlar yo`q.






