Tojikiston Prezidenti matbuot xizmati xabariga ko`ra, Emomali Rahmon O`zbekiston bilan chegaradosh bo`lgan tuman faollari oldida qilgan chiqishida o`zbeklar bilan do`stlik rishtalari va biznes aloqalarni mustahkamlashga da`vat etar ekan, Shahristonda tojiklar va o`zbeklar tinch-totuv va hamjihatlikda yashab kelayotganini eslab o`tdi.
“Siz bizning do`stligimiz ko`p asrlik ildizlarga ega ekanligi, uning boshida tojik va o`zbek xalqlari farzandlari Mavlono Abdurahmon Jomiy va Alisher Navoiy turganini esda tutishingiz lozim”, dedi Tojikiston rahbari.
Shuningdek, Tojikiston rahbari tinchlik va barqarorlik hukmronlik qilayotgan, xalqlari do`stlik va qardoshlikda yashayotgan davlatlar uzluksiz rivojlanishi, ularning dunyo bo`ylab nufuzi oshishini ta`kidladi.






