AsosiyJamiyat

Toshkentda qator ko`chalarda avtotransport harakati to`xtatiladi (xarita)

'Toshkentda qator ko`chalarda avtotransport harakati to`xtatiladi (xarita)'ning rasmi

Toshkent shahar IIBBning ma`lum qilishicha, Toshkent shahrida olib borilayotgan qurilish va ta`mirlash ishlari sabab, ayrim ko`chalarda ma`lum vaqtgacha avtotransport harakati to`xtatiladi.

Kecha, 24 iyun kunidan boshlab sovuq suv trubalarining almashtirilishi sabab (ta`mirlash ishlari uchun taxminan bir oy vaqt kerak bo`ladi) Nukus ko`chasiga qarab Farg`ona yo`li ko`chasi Talimarjon ko`chasiga qadar (Qarama-qarshi tomonga qarab harakat ochiq bo`ladi) yo`l yopiq bo`ladi. Mehrjon ko`chasi bo`ylab harakatni davom ettirsa bo`ladi.


Metro yo`nalishi qurilishi sabab esa 23 iyun kunidan boshlab qurilish tugallangunga qadar Elbek ko`chasi Aviasozlar ko`chasidan (mo`ljal Yashnoobod tumani IIOFMB) Alimkent ko`chasiga qadar bo`lgan yo`l (Mo`ljal Do`stlik metrosi) avtotransport harakati uchun yopiq bo`ladi. Haydovchilar uchun qulaylik yaratish maqsadida Alimkent ko`chasi bo`ylab avtotransport vositalarining qarama-qarshi harakatiga ruxsat berilgan.


Bunyodkor ko`chasida kapital qurilish ishlari olib borilishi munosabati bilan kichik aylanma yo`l bugun, 25 iyun kunidan boshlab Muqimiy ko`chasiga qadar va Qatortol ko`chasining 2-o`tish joyi, Chilonzor ko`chasidagi Do`mbirobod 4-o`tish joyi hamda Qatortol ko`chasi va Kichik xalqa yo`lida avtotransport harakati to`xtatiladi.


Shuningdek, Toshkent shahar IIBB shahar aholisi va mehmonlaridan yuzaga kelgan noqulayliklarni to`g`ri tushunishlarini so`ragan.

    Boshqa yangiliklar