AsosiyJamiyat

Jahongir Ortiqxo`jaev deputatlikka nomzodini qo`ydi

'Jahongir Ortiqxo`jaev deputatlikka nomzodini qo`ydi'ning rasmi

Toshkent shahar hokimi vazifasini bajaruvchi Jahongir Ortiqxo`jaevning nomzodi xalq deputatlari Toshkent shahar kengashi deputatligiga qo`yildi. Bu haqda xalq deputatlari Uchtepa tuman kengashi deputati Nuriddin Zayniddinov xabar bergan.

Ortiqxo`jaevning nomzodi 2018 yil 1 iyul kuni bo`lib o`tadigan saylovlar uchun 23-«Moyqo`rg`on» saylov okrugidan, O`zbekiston liberal-demokratik partiyasidan ko`rsatilgan.

Jahongir Ortiqxo`jaev 1975 yil 2 yanvarda Toshkent shahrida tug`ilgan. Millati o`zbek. 1991—1996 yillarda Toshkent davlat Iqtisodiyot universitetida tahsil olgan. Mutaxassisligi iqtisodchi. 2015 yil «Do`stlik» ordeni bilan mukofotlangan. Toshkent shahri «Artel Injiniring» mas`uliyati cheklangan jamiyati direktori lavozimida ishlab kelgan.

    Boshqa yangiliklar