"O`zbekiston havo yo`llari" MAK yo`lovchilarining Yaponiya hududiga kirishlari rad etilishi holatlari ko`paymoqda, deb xabar qildi aviakompaniya matbuot xizmati.
"Hurmatli Toshkent-Tokio yo`nalishi bo`yicha parvoz qiluvchi yo`lovchilar. Safar maqsadi sabablari tushuntirib berilmagan hollarda, Yaponiya chegara xizmati sizning kirishingizni man etishi mumkinligini e`tiborga olishingizni so`raymiz", — deyiladi xabarda.
Xabarda aytilishicha, kirishni rad etuvchi eng ko`p sabablardan biri — Yaponiyaga tashrif maqsadini tushuntirib berilmasligi (moliyaviy mablag`lar, mehmonxona broni mavjud emasligi, qaytish aviachiptasi).
Aviakompaniya Yaponiyaga safarni rejalashtirishda mazkur ma`lumotni inobatga olishni so`ramoqda.






