AsosiyJamiyat

Buxoroda avtohalokat natijasida 3 kishi vafot etdi, 4 kishi kasalxonaga yotqizildi

'Buxoroda avtohalokat natijasida 3 kishi vafot etdi, 4 kishi kasalxonaga yotqizildi'ning rasmi

Buxoro viloyatining Kogon tumanida 23 iyun kuni Buxoro shahrida yashovchi B.R. “Spark” rusumli avtomashinasini Geofizika mahallasidan o`tuvchi A-380 yo`lida haydab ketayotgan vaqtida qarama-qarshi yo`nalishga chiqib ketib, qarshisidan kelayotgan “Lada-21015” rusumli avtomashinasi bilan to`qnashuv sodir etgan.

Natijada “Lada-21015” avtomashinasi haydovchisi E.S., “Spark” avtomashinasi yo`lovchilari, Buxoro shahrida yashagan 2 nafar yo`lovchilar A.O. va A.T.lar olgan jarohati sabab voqea joyida vafot etgan. Bu haqda IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.

Shuningdek, “Spark” avtomashina haydovchisi B.R., yo`lovchilari, birga yashovchi ukasi, F.R., Buxoro shahrida yashovchi, M.H. hamda “Lada-21015” avtomashinasi yo`lovchisi, Kogon shahrida yashovchi, L.Yu. ismli ayollar turli darajadagi tan jarohati olib kasalxonaga yotqizilgan.

    Boshqa yangiliklar