O`zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg`armasining tashabbusi hamda O`zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikasiyalarini rivojlantirish vazirligi va Axborot-kommunikasiya texnologiyalarini rivojlantirish Jamg`armasining moliyaviy ko`magi, shuningdek «Mobi Tel Inform» MChJning tashkiliy-texnik yordami asosida Pensiya jamg`armasi tomonidan pensiya va nafaqalarni oluvchi shaxslarga SMS-Pensiya interaktiv xizmati taqdim etilganligini ma`lum qilindi.
Axborotni olish uchun individual ravishda SMS–so`rovi talab qiladigan SMS-xabarlar quyidagilardan iborat:
1.Pensiya yoki nafaqa miqdorini aniqlash uchun:
Joriy davrga - *7000007*61# ni SMS tarzida qisqa 10711 raqamiga yuboring
Oldingi davr uchun - *7000007*61*052018# ni SMS tarzida qisqa 10711 raqamiga yuboring.
Bunda, 7000007 - pensiya va nafaqa oluvchining pensiya guvohnomasidagi shaxsiy xisob raqami;
61 - SMS tizimidagi kod;
052018 – talab qilingan (o`tgan) davr uchun SMS–ma`lumot. Ushbu davr SMS- so`rov yuborilgan sanadan 3 oy mobaynida bo`lishi zarur.
2.Pensiya yoki nafaqa tayinlangan sanani aniqlash uchun - *7000007*63# ni SMS tarzida qisqa 10711 raqamiga yuboring.
Ushbu tadbirlardan maqsad, pensionerlarga qo`shimcha qulayliklar yaratish va ularning farovonligini oshirishga qaratilgan.






