Kuni kecha Toshkent shahrida taniqli kurashchi Murod Xonto`raevning qo`lga olinganligi haqida xabarlar tarqalgan edi.
Toshkent shahar IIBB Axborot multimedia markazi Murod Xonto`raev qo`lga olinganligini tasdiqladi.
Murod Xonto`raev hamda bir qator shaxslar joriy yilning 20 dan 21 iyunga o`tar kechasi Yunusobod tumanidagi tungi klublardan birida jamoat joyida yurish-turish qoidalarini buzganlik, tartibsizlik qilgani uchun ushlangan.
Hozirda, Murod Xonto`raevga nisbatan O`zbekiston Jinoyat kodeksining 277-moddasi (bezorilik) tartibida jinoyat ishi qo`zg`atilgan bo`lib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
MMA-Oracle saytidagi ma`lumotlarga ko`ra, Murod Xonto`raev — jahon chempioni, "Osiyo ayig`i" laqabi bilan dunyoga tanilgan. Ayni damga qadar 11ta jang o`tkazib ulardan 8tasida g`alaba qozongan, jumladan 6ta nokaut bilan.






