Portugaliyadagi Joanina kutubxonasiga kirgan kishi bu erda ko`rshapalaklar bilan bog`liq muammolar bo`lsa kerak, deb o`ylashi tayin, deb yozmoqda Mixstuff nashri.
Ushbu kutubxonaga yuzlab ko`rshapalaklar o`rnashib olgan. Lekin kutubxona xodimlari ko`rshapalaklardan halos bo`lishga urinishmaydi ham. Negaki bu jonivorlar kechasi inlaridan chiqadigan qurt-qumursqa, qo`ng`iz va boshqa hasharotlar bilan oziqlanishadi va shu tarzda kutubxonadagi qadimiy qo`lyozmayu kitoblarni zarakunandalardan asrashadi.






