Kolumbiya terma jamoasining muxlislari Qozonda cho`kayotgan erkakni qutqarib qolishdi, deya xabar qilmoqda Vesti.ru nashri.
Kolumbiya terma jamoasi muxlislari sohil bo`yidagi qahvaxonada dam olib o`tirishgan edi. Shu payt bir erkak suvga sakraydi.
Kolumbiyaliklar bunga e`tibor berishmaydi. Ammo suvga sakragan erkak cho`ka boshlaydi.
Shunda kolumbiyaliklar darhol cho`kayotgan odamga yordamga shoshishadi.






