Poygachi Mayk Jons AQShning Virjiniya shtatida o`tayotgan NASCAR avtopoygasida sal qolsa halok bo`layozdi, deb ma`lum qildi Life.ru nashri.
Maykning mashinasi boshqa avtomashina bilan to`qnashib ketish oqibatida to`siqqa borib uriladi va yonib ketadi. Bir necha soniyadan so`ng esa Jons qutqarib qolindi – trassa xodimlari tomonidan emas, o`z otasi tomonidan.
Poygachining otasi Din Jons pit-stopda o`g`lining chiqishini kuzatib turgan edi. Maykning mashinasi yona boshlaganini ko`rgach esa darhol yordamga oshiqdi.






