Floridada istiqomat qiluvchi ayol Fransillen Lemes Fernandes egizak-qizlariga Rossiyada o`tkazilayotgan JCh-2018 da qatnashayotgan davlatlarning milliy libosini kiyintirib, suratga oldi.
Suratlarni esa China Global Television Network nashriga joylashtirdi. Ayol bu bilan ko`pgina davlatlarning madaniyatini o`rganishga qaror qildi.

— Rossiyada JCh-2018 o`tkazilishini bilib, men ko`pgina mamlakatlar haqida ma`lumotga ega emas ekanligimni tushunib etdim. Hatto davlat bayroqlari haqida bilmas ekanman", - deydi besh farzandning onasi. — Uch oy davomida har bir davlatning madaniyati, urf-odatlarini o`rganib chiqdim va o`z bilimlarimni rasmlarda aks ettirdim, deb izohladi ayol.








