AsosiySport

Kolumbiya terma jamoasi Uzbekistan Airways samolyotlaridan foydalanmoqda

'Kolumbiya terma jamoasi Uzbekistan Airways samolyotlaridan foydalanmoqda 'ning rasmi

Jahon chempionati kunlarida Kolumbiya terma jamoasi futbolchilariga Uzbekistan Airways aviakompaniyasi xizmat ko`rsatadi. Bu haqda "O`zbekiston havo yo`llari" MAK jurnali bosh muharriri Baxtiyor Nasimov o`zining Facebook’dagi sahifasida ma`lum qildi.

Baxtiyor Nasimovning yozishicha, Kolumbiya futbol federasiyasi Rossiyaning Saransk — Qozon-Samara shaharlari bo`ylab parvoz qilish uchun "O`zbekiston havo yo`llari" Milliy aviakompaniyasiga buyurtma bergan.

Futbolchilarning oilalari, jamoa ma`muriyati va ishqibozlar O`zbekiston samolyotlarida parvoz qilishadi.

"Darvoqe, ular Barselonadan Qozon shahriga ham bizning "Boing-767"da kelishdi. So`ngra bizning "A-320"da Qozon-Saransk-Qozon yo`nalishida uchishdi", - deb yozadi Nasimov.

Boshqa yangiliklar