AsosiyJamiyat

Urgutda 300 nafardan ortiq bolaga tug`ilganlik haqidagi guvohnoma berilmagan

'Urgutda 300 nafardan ortiq bolaga tug`ilganlik haqidagi guvohnoma berilmagan'ning rasmi

Urgut tumani 1 va 2-son FHDYo bo`limlari hodimlari tomonidan xonadonma-xonadon o`rganish olib borilganda tug`ilishi rasmiylashtirilmagan 300 dan ortiq bolalar aniqlangan, deb yozadi «Zarafshon» gazetasi.

Hozirgi kunda ularga belgilangan tartibda tug`ilganlik haqida guvohnomalar berilmoqda va ular haqidagi ma`lumotlar elektron FHDYo arxiv fondiga kiritilmoqda.

Ayni vaqtda viloyatda 22 ta FHDYo bo`limlari mavjud bo`lib, 1 ta "Nikoh uyi" va 1 ta viloyat FHDYo arxivi faoliyat yuritmoqda. Joriy yilning 1 iyunidan boshlab tajriba tariqasida Past Darg`om tuman 1 va 2-son FHDYo bo`limi fuqarolik holati faktlarini rasmiylashtirish yuzasidan tuman davlat xizmatlari agentligida ish olib bormoqda.

Joriy yilning 17 iyun holatiga ko`ra, viloyat FHDYo bo`limlari tomonidan "Yagona elektron FHDYo arxivi" axborot tizimi bilan integrasiya qilish uchun yagona elektron FHDYo arxiv fondi bo`yicha 1 million 384 ming 719 fuqarolik holati dalolatnomalari yozuvlari raqamli ko`rinishga o`tkazildi.

    Boshqa yangiliklar