AsosiyJamiyat

O`zbekistonning eng yaxshi blogeri 15 mln so`m pul mukofoti bilan taqdirlandi

'O`zbekistonning eng yaxshi blogeri 15 mln so`m pul mukofoti bilan taqdirlandi 'ning rasmi

Xalqaro blogerlar kuni «Lotte City» mehmonxonasida O`zbekiston blogerlari chempionati g`oliblarini taqdirlash marosimi bo`lib o`tdi.

Chempionat 12 aprel kuni boshlangan edi. Unda to`rt yuzga yaqin bloger ishtirok etdi. Ular hakamlar hay`ati va o`quvchilar e`tiboriga 470dan ortiq ijodiy ishlarini taqdim etishdi.

Final bosqichi juda qizg`in o`tdi va unda 21 nafar bloger ishtirok etib, o`z iqtidorlarini namoyon etdilar. Ular o`z ishlarida bugungi kunning eng dolzarb mavzularini ko`tarib chiqishdi.

Chempionatda Shahnoza To`raxo`jaeva birinchi o`rinni oldi va unga 15 million so`m miqdorida pul mukofoti topshirildi.

Xushnudbek Xudoyberdiev va Muzaffar Qosimovlar ikkinchi o`rinni egallashdi. Ularga 8 million so`mdan pul mukofoti topshirildi.

Bir xil ball to`plagan to`rt nafar bloger — Muslim Mirzajonov, Javohir Izzatullaev, Feruza Sattorova va Isroil Tillaboevlar uchinchi o`ringa loyiq deb topildi. Ularga 5 million so`mdan pul mukofoti berildi.

Tanlov O`zbekiston Yoshlar ittifoqi, O`zbekiston mustaqil bosma ommaviy axborot vositalari va axborot agentliklarini qo`llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi shafeligida o`tkazildi. tadbirda O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlari, O`zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi, ijtimoiy tarmoqlar muxbirlari, OAV vakillari hamda chempionatning faol blogerlari ishtirok etdi.

Sarvar XURRAMOV, jurnalist

    Boshqa yangiliklar