Ostona shahrida O`zbekiston va Qozog`iston aviasiya tarmog`i rahbariyati vakillari o`rtasida uchrashuv bo`lib o`tdi.
Bu haqda Qozog`iston investisiya va rivojlanish vazirligi huzuridagi Fuqarolik aviasiyasi qo`mitasi matbuot xizmati xabar berdi, deb yozmoqda "Xalq so`zi" nashri.
Muzokaralar yakunida “Ostona- Toshkent” yo`nalishidagi mavjud reyslar sonini har ikki tomon uchun haftasiga 4 tadan 6 tagacha, “Almati — Toshkent” yo`nalishidagi mavjud reyslar sonini 7 tadan 10 tagacha ko`paytirishga kelishib olindi.
Shunday yilib ikki davlat o`rtasida haftalik parvozlar sonini 32 taga etkazish imkoniyati paydo bo`ladi.






