Dori vositalarini davlat ro`yxatidan o`tkazish samaradorligini oshirish va aholini ular bilan ta`minlashni yaxshilash chora-tadbirlari to`g`risidagi Prezident Farmoni qabul qilindi.
Farmonga muvofiq ijtimoiy ahamiyatga ega dori vositalari va tibbiyot buyumlarini qat`iy narxlarda sotish to`g`risidagi talab bekor qilindi.
2018 yil 1 avgustdan davlat ro`yxatidan o`tkazish uchun yuqori tartibga soluvchi talablar qo`yilgan mamlakatlarda amalga oshirilgan, dori vositalarini, jumladan, dori moddalari va dori preparatlarini davlat ro`yxatidan o`tkazish natijalarini tan olinadi.
Ijtimoiy dorixonalar tomonidan ijtimoiy ahamiyatga ega dori vositalari va tibbiyot buyumlarini sotish ularning sotib olish qiymati yoki ulgurji narxiga 10 foiz cheklangan savdo ustamasi qo`llanilgan holda amalga oshirilishi belgilandi.
Loyiha boshqaruvi milliy agentligiga 2018 yil 20 iyulga qadar muddatda dori vositalarini davlat ro`yxatidan o`tkazish natijalari O`zbekiston Respublikasida tan olinadigan mamlakatlar va xalqaro tashkilotlar ro`yxatini shakllantirish topshirildi.






