AsosiyJamiyat

Toshkent avtomobil halqa yo`lida elektr ta`minoti qayta tiklandi

'Toshkent avtomobil halqa yo`lida elektr ta`minoti qayta tiklandi'ning rasmi

Avval xabar berganimizdek, 19 iyun kuni soat 18:00 atrofida Toshkent avtomobil halqa yo`lining O`rikzor bozoriga yaqin qismida noqulay ob-havo sharoiti tufayli yuqori kuchlanishli elektr temir ustuni yo`lning qatnov qismiga qo`lab tushgan edi.

Baxtli tasodif tufayli hech kim jabrlanmagan. Biroq yaqin atrofdagi xonadon va binolar vaqtinchalik elektr tokidan uzilib qoldi.

Shu munosabat bilan, voqea joyiga Ichki ishlar organlari, elektr tarmog`i xizmati va tuman hokimligi xodimlaridan iborat tezkor guruh etib keldi va yuzaga kelgan vaziyat nazoratga olindi. Bu haqda IIBB matbuot xizmati ma`lum qildi.

Jumladan, elektr ustuni ag`darilib tushgan yo`l qismi yopilib, avtotransportlar harakati yo`lning qarama-qarshi tomoniga o`tkazildi.

Olib borilgan tezkor tadbirlar natijasida yuzaga kelgan nosozlik bir sutka ichida to`liq bartaraf etilib, elektr ustunlari soz holga keltirildi. Natijada xonadon va binolarda elektr ta`minoti qayta tiklandi. Toshkent avtomobil halqa yo`lidagi vaqtinchalik to`siq olib tashlandi.

    Boshqa yangiliklar