AsosiySport

JCh-2018. Ispaniya, Portugaliya va Eron nimchorak final uchun kurashadi

'JCh-2018. Ispaniya, Portugaliya va Eron nimchorak final uchun kurashadi'ning rasmi

JCh-2018 "B" guruhining 2-turidan so`ng Marokashdan tashqari qolgan uchta jamoada nimchorak finalga chiqish imkoniyati saqlanib qoldi, deb yozmoqda Olamsport nashri.

Ikkinchi turdan keyin ushbu "kvartet"da Marokash uchun guruhdan chiqish eshiklari muddatidan avval yopildi. Ketma-ket ikki mag`lubiyatdan so`ng Marokash uchinchi turni shunchaki rasmiyatchilik uchun o`tkazadi.

Qolgan uchchala jamoa uchinchi turda hal qiluvchi o`yinlarni o`tkazishadi. Ispaniya va Portugaliyani so`nggi uchrashuvdagi durang natija ham nimchorak finalga olib chiqadi. Eronga esa faqat g`alaba lozim.

Eslatib o`tamiz, 3-turda Ispaniya Marokash bilan kuch sinashsa, Portugaliya Eron bilan to`qnash keladi.

Boshqa yangiliklar