AsosiyDunyo

London metro stansiyasi portladi

'London metro stansiyasi portladi'ning rasmi

Buyuk Britaniya poytaxti London shahrida joylashgan metro stansiyasida portlash sodir bo`ldi, deb xabar bermoqda Lenta.ru nashri.

Londoning shimoliy metro bekatida sodir bo`lgan kichik portlash natijasida bir necha kishi turli darajada jarohat olgan. Ular yaqin oradagi kasalxonalarga olib ketilgan. Biroq jarohatlanganlarning axvoli jiddiy emasligi xabar qilinmoqda. Hududga zudlik bilan etib kelgan polisiya atrofdagi yo`llarni to`sib qo`ygan.

Metro bekati yaqinidagi restoran va boshqa binolar ham xavfsizlik yuzasidan vaqtinchalik yopildi. Atrofdagi odamlar hamda yo`lovchilar evakuvasiya qiligan. Southgate stansiyasida esa talofatlar bor. Ayrim guvohlar portlashdan oldin shubhali paketga ko`zlari tushganini ta`kidlashmoqda. Mazkur portlash yuzasidan tergov ishlari olib borilmoqda. Hozircha ushbu holatning terroristik harakat ekani yoki yo`qligiga aniqlik kiritilmayapti.

    Boshqa yangiliklar