AsosiyJamiyat

Maktabda bosh kiyimga (ro`mol) ruxsat beriladimi?

'Maktabda bosh kiyimga (ro`mol) ruxsat beriladimi?'ning rasmi

O`zbekiston Milliy axborot agentligi hamda “O`zbekiston 24” radiosining qo`shma loyihasi doirasida yagona maktab formalari bilan bog`liq barcha savollarga mutasaddilarning javobi bilan bog`liq eshittirish davom etmoqda.

Jonli muloqot tarzida davom etayotgan eshittirishga Toshkent viloyati, “O`zgarish” QFY fuqarosi tomonidan savol berildi.

Xalq ta`limi vazirligi qonun-qoidalarga ko`ra maktabda bosh kiyim kiyib yurishga qat`iyan ruxsat etilmasligi ko`rsatilgan. Fuqaro qishloq maktablarida qish mavsumida maktablarning yaxshi isitilmasligi, shuning uchun o`quvchilar bosh kiyimda yurishga majbur bo`lishlarini izohlab, maktabda bosh kiyim kiyishga ruxsat etilishi kerakligi haqidagi fikrni o`rtaga tashladi.

Fuqaro taklifiga Xalq ta`limi vazirligi Axborot xizmati rahbari Baxriddin Shayvaliev shunday javob qildi.

— Qaror loyihasining 9-bandi va aynan bosh kiyim masalasi ko`pgina baxslarga sabab bo`lmoqda. Qishloq maktablari xozirda ta`mirlab borilmoqda. Qishloqda shahardagidan ham yaxshi maktablarni uchratish mumkin. Agar qonun loyihasida maktabda bosh kiyimda yurishga ruxsat bersak, maktab isitish tizimi ta`mirlangandan keyin uni bekor qilishga to`g`ri keladi. Shunday ekan bosh kiyimga ruhsat berish o`rinsiz. Bosh kiyim masalasi ko`pincha “hijob”, “ro`mol” masalasi bilan bog`liq. Biz ko`p millatlik davlatmiz. Shunday ekan bir dinga qulaylik yaratib berish to`g`ri bo`lmaydi. Shuning uchun “hijob”, “ro`mol” kabi diniy liboslarga ruxsat etilmaydi. Maktab o`quvchisining formasi qaysidir dinga taaluqli bo`lmasligi va boshqalardan ajralib turmasligi lozim. Maktabda nafaqat bosh kiyim balki, kalta, engsiz kiyimlar ortiqcha taqinchoqlar, noqulay oyoq kiyim kiyish ham tavsiya etilmaydi. Bu o`quvchining ta`limdan boshqa narsalarga e`tibor qaratishini oldini olish maqsadida joriy etilgan.

    Boshqa yangiliklar