AsosiyJinoyat

Farg`onada bola sotish bilan shug`ullangan shaxslarga nisbatan hukm chiqarildi

'Farg`onada bola sotish bilan shug`ullangan shaxslarga nisbatan hukm chiqarildi'ning rasmi

Bozorda nimadir xarid qilish uchun savdolashamiz. Ammo o`z bolasini savdolashganini ko`rganmisiz? Afsuski, Farg`onada ana shunday jinoyat sodir bo`ldi. Jinoyat ishlari bo`yicha Farg`ona shahar sudi tomonidan bola sotish bilan shug`ullangan shaxslarga nisbatan hukm chiqarildi. Bu haqda O`zA xabar berdi.

Ona uchun oilasiday muqaddas makon, farzandiday suyukli inson yo`q. Ona oila baxti, tinchligi, ayniqsa, farzandlarining baxti-saodati uchun erta-yu kech qayg`uradi. Farzandlar yutug`idan onaning quvonchi ko`kka etadi, “ko`z tegmasin”, deya ko`ziga yosh to`ladi. Bu ko`z yoshlar beg`ubor qalbining aksi, duolarga to`la dil so`zlari esa bizga qanotdir.

Afsuski, oramizda o`z nomini, sha`nini bulg`ayotgan onalar ham bor. N. Meliqo`zizoda 2018 yilning yanvar oyida o`zining tanishi G. Ochilova bilan jinoiy til biriktirib, o`zining farzandi 2017 yilda tug`ilgan Mustafoni sotib, boylik orttirish maqsidida jinoiy reja tuzgan.

G.Ochilova Farg`ona shahrida yashovchi bola sotib olish niyatida yurgan shaxslarni topib, ularni guruh rahbari N. Meliqo`zizoda bilan uchrashtirib qo`yish, o`z navbatida, guruh rahbari esa ushbu shasxlar bilan o`z farzandini sotish masalasida gaplashish vazifalarini o`zaro taqsimlab olishgan.

2018 yil 12 yanvar kuni DXX Farg`ona viloyati boshqarmasi hamda huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan o`tkazilgan tadbirda N. Meliqo`zizoda o`zining jinoiy sherigi G. Ochilova bilan Farg`ona shahrida maxsus xaridor N. Nazirovaga uch oylik farzandini 13 ming dollarga sotayotgan vaqtda, daliliy ashyo bilan qo`lga olindi.

Sud ularning qilmishiga yarasha jazo tayinladi. Ammo o`z farzandini pullash niyatida bo`lgan bu ayol va uning jinoiy sherigi vijdon azobidan qanday qutular ekan?

    Boshqa yangiliklar