AsosiyJamiyat

Bir oiladan 2-3 farzandi o`qiydigan oilalar qiynalib qolmaydimi?

'Bir oiladan 2-3 farzandi o`qiydigan oilalar qiynalib qolmaydimi?'ning rasmi

FM 87.9 to`lqinida efirga uzatiladigan “RADIOFACE”dasturi davom etadi.

Tinglovchilarning “Bir oiladan 2-3 farzandi o`qiydigan oilalar qiynalib qolmaydimi?” mazmundagi savoliga mutasaddilar javob berishdi. Unga ko`ra, ota-onalar maktab formalarini sotib olishda iste`mol kreditlari olishlari mumkinligi to`g`risidagi taklif berilgan. Ushbu iste`mol krediti eng past foizda beriladi.

Eslatib o`tamiz, avvalroq maktab formalari masalasidagi savollarga O`zbekiston respublikasi Xalq ta`limi vazirligi va “O`zto`qimachiliksanoat” uyushmasi mutaxassislari javob berishi va O`zbekiston Milliy axborot agentligi va “O`zbekiston 24” radiosining qo`shma loyihasida o`z savollaringiz bilan ishtirok etishingizni aytib o`tgan edik.

Loyihada ishtirok eting, Sizning fikringiz muhim!

    Boshqa yangiliklar