AsosiyJamiyat

Auksionlar va tanlovlar elektron shaklda o`tkaziladi

'Auksionlar va tanlovlar elektron shaklda o`tkaziladi'ning rasmi

“Davlat mulki ob`ektlarini sotish va davlat mulkini ijaraga berish bo`yicha elektron savdolar o`tkazish tartibi to`g`risida”gi Nizom tasdiqlandi.

“Davlat mulki ob`ektlarini sotish va davlat mulkini ijaraga berish bo`yicha elektron savdolar o`tkazish tartibi to`g`risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi Hukumat qarori qabul qilindi. Bu haqida Adliya vazirligining “Huquqiy axborot” kanali xabar bermoqda.

Mazkur qaror bilan “Davlat mulki ob`ektlarini sotish va davlat mulkini ijaraga berish bo`yicha elektron savdolar o`tkazish tartibi to`g`risida”gi Nizom tasdiqlandi.

Ushbu Nizom elektron shaklda o`tkaziladigan auksionlar va tanlovlar vositasida mas`uliyati cheklangan jamiyatlarning ustav fondlaridagi (ustav kapitallaridagi) davlat ulushlarini, davlat ko`chmas mulk ob`ektlarini sotish tartibini hamda davlat mulkini nodavlat yuridik va jismoniy shaxslarga ijaraga berish tartibini belgilaydi.

Nizomga muvofiq, savdolarni o`tkazish uchun sotuvchi (ijaraga beruvchi):

• operator bilan veb-portalda savdolarni o`tkazish bo`yicha elektron xizmatlar ko`rsatilishi bo`yicha shartnoma tuzadi;

• auksion (tanlov) sanasini belgilaydi;

• ochiq auksion (tanlov) o`tkazilishidan kamida o`ttiz kun oldin, ob`ektlarni ijaraga berish holatlarida esa – auksion o`tkazilishidan kamida 15 kun oldin «Birja» gazetasida va Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahrining davriy matbuot nashrlarida hamda o`zining rasmiy veb-saytida ochiq auksion (tanlov) to`g`risidagi bildirishnomani e`lon qiladi.

Auksion ishtirokchisi sifatida ro`yxatdan o`tish uchun veb-portalda savdolarda ishtirok etish uchun belgilangan shaklda buyurtmanomani ro`yxatdan o`tkazish lozim.

Buyurtmanoma ERI (elektron raqamli imzo) bilan tasdiqlanadi va unga zakalat kiritilganligini tasdiqlovchi to`lov hujjatining elektron (skaner qilingan) nusxasi ilova qilinadi.

Bunda to`lov hujjatining to`lov maqsadi katagida ushbu lot bo`yicha zakalat kiritilgan lotning raqami ko`rsatilishi kerak.

Bir nechta auksion (tanlov) ob`ektlari bo`yicha zakalatni kiritish alohida to`lov hujjatlari bilan amalga oshiriladi.

Ushbu tanlovda (auksionda) ishtirok etish uchun arizalar bergan ishtirokchilarga, elektron pochta va (yoki) SMS-xabar berish orqali tanlov (auksion) natijalari to`g`risida xabarnoma avtomatik tarzda yuboriladi.

Oldi-sotdi (ijara) shartnomasini tuzishdan bosh tortgan yoki uni rad etgan auksion (tanlov) g`olibiga uning tomonidan kiritilgan zakalat miqdori qaytarilmaydi.

Auksionlar ish kuni davomida, soat 09:00 dan soat 18:00 gacha bo`lgan vaqt oralig`ida o`tkaziladi.

Savdolar birinchi auksion (tanlov) o`tkazilishi sanasidan boshlab 2 oy ichida o`n besh ish kunida bir marta davriyligi bilan o`tkaziladi.

    Boshqa yangiliklar