Endi O`zbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri, Qoraqalpog`iston Respublikasi ichki ishlar vaziri, Toshkent shahar ichki ishlar bosh boshqarmasi va viloyatlar ichki ishlar boshqarmalari boshliqlarining o`rinbosarlari jamoat tartibini saqlash bo`yicha o`rinbosarlari hisoblanadi.
Toshkent shahrida “Xavfsiz poytaxt” konsepsiyasi joriy etish borasidagi Prezidentning 2018 yil 19 iyundagi “Toshkent shahrida jamoat tartibini ta`minlash, huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish samaradorligini oshirish bo`yicha qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida”gi qarorida ushbu jihatlar nazarda tutilgan.
Qarorga ko`ra, O`zbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri, Qoraqalpog`iston Respublikasi ichki ishlar vaziri, Toshkent shahar ichki ishlar bosh boshqarmasi va viloyatlar ichki ishlar boshqarmalari boshliqlarining o`rinbosarlari lavozimlari tegishlicha O`zbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri, Qoraqalpog`iston Respublikasi ichki ishlar vaziri, Toshkent shahar ichki ishlar bosh boshqarmasi va viloyatlar ichki ishlar boshqarmalari boshliqlarining jamoat tartibini saqlash bo`yicha o`rinbosarlari lavozimlariga o`zgartirildi.
Jamoat tartibini saqlash bo`yicha o`rinbosarlar zimmasiga quyidagilar yuklandi:
Jamoat tartibini saqlashning, ayniqsa, sutkaning kechki va tungi vaqtida natijadorligini ta`minlash bo`yicha faoliyatni tashkil etish uchun shaxsiy javobgarlik;
Ichki ishlar organlarining patrul-post xizmati va jamoat tartibini saqlash, yong`in xavfsizligi, qo`riqlash, shuningdek, yo`l harakati xavfsizligini ta`minlash bo`linmalarining samarali va o`zaro bog`liq faoliyat yuritishini tashkil etish bo`yicha vazifalar.






