O`zbekiston Rossiyadan pul o`tkazmalari jo`natish bo`yicha MDH davlatlari ichida etakchilik qilmoqda. Bu haqda Rossiya markaziy banki ma`lumotlarida qayd qilingan.
Ma`lumotlarga ko`ra, Rossiyadan O`zbekistonga 2018 yilning birinchi choragida jismoniy shaxslar tomonidan 726 million AQSh dollari miqdori pul o`tkazmalari yuborilgan. Ularning 200 mln dollari Rossiya federasiyasi fuqarolari tomonidan jo`natilgan bo`lib, qolgan 525 mln dollardan ortig`i Rossiya fuqaroligi bo`lmagan o`zbekistonliklar tomonidan o`tkazilgan. O`rtacha hisobda bitta o`tkazma 314 dollarni tashkil qilmoqda.
Umuman olganda, birinchi chorakda O`zbekistonga xorijdan 1,3 milliard AQSh dollari yuborilgan.






